Madaniyat instituti xodimi pora bilan ushlandi
U pul evaziga fuqaroni o‘qishga kiritmoqchi bo‘lgan.

O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, O‘zbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti bo‘lim boshlig‘i, 2023-2024 o‘quv yili uchun qabul komissiyasi masʼul kotibi A.O‘. fuqaro J.S.ni ushbu institutga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 5 000 AQSH dollari pora talab qilib, shundan 4 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







