O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

Prezident mutasaddilarga bu yo‘nalishlarda natijadorlikni yanada oshirish vazifasini qo'ydi.

Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi

 

Bugun, 1 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalar zaxirasi va ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirishga oid taqdimot bilan tanishdi.

 

O‘zbekistonda geologiya sohasiga katta eʼtibor qaratilib, zamonaviy texnologiyalar joriy qilingani natijasida yerosti boyliklarini aniqlash ko‘lami kengaydi. Ularni qazib olish va qayta ishlash loyihalariga xorijiy investitsiyalar kirib kelmoqda. 

 

Xususan, so‘nggi olti yilda kaolinni qayta ishlash bo‘yicha 148 million dollarlik 15 ta yangi loyihalar ishga tushgan. Natijada tayyor mahsulot ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar ko‘payib, eksport 65 million dollarga yetgan. Shu davrda ko‘mir qazib chiqarish hajmi 1,4 barobar oshib, 5,4 million tonnaga yetgan.

 

Taqdimotda shu sohadagi, jumladan, ko‘mir, kaolin va uran hajmini oshirishga qaratilgan rejalar haqida axborot berildi.

 

Qayd etilganidek, bu yil 6,7 million tonna ko‘mir qazib olish reja qilingan.

 

Kaolin bo‘yicha qiymati 620 million dollarlik 33 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Undan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarish hisobiga joriy yilda eksportni 81 million dollarga, 2030 yilga borib 180 million dollarga yetkazish mo‘ljallangan.

 

Shuningdek, uran zaxirasini o‘stirish bo‘yicha xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda geologiya-qidiruv ishlari davom ettiriladi.

 

Davlat rahbari mutasaddilarga bu yo‘nalishlarda natijadorlikni yana-da oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi. Mavjud xomashyo bazasi, noyob texnologiyalar va kadrlar salohiyatidan unumli foydalanib, mahsulotlar hajmini ko‘paytirish vazifasi qo‘yildi.

 

Surxondaryodagi toshko‘mir bo‘yicha 5 ta istiqbolli maydonni xususiy sektorga berib, geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish, Angrenda qazib olinadigan ko‘mir sifatini yaxshilash va saralash texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

 

Yangi kaolin konlarini topish va oq kaolin zaxirasini 200 million tonnaga yetkazish, uni qayta ishlash loyihalarini ko‘paytirish zarurligi taʼkidlandi.

 

Gidrotermal va qora slanesli uran konlarini o‘zlashtirishga xorijiy investorlar jalb qilinishi belgilandi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev foydali qazilmalar zaxirasini ko‘paytirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi | Zamon.uz