Prezident 16 nafar “zamhokim”ni ishdan oldi
Ayrim joylarda aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha ishlar sust tashkil etilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 nafar hokim o‘rinbosarini lavozimidan ozod qildi.
Maʼlum qiliishicha, tadbirkorlik sohasida aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahrida ishlar sust tashkil etilgan.
Shu munosabat bilan Bekobod, Bo‘ka, Qo‘shko‘pir, Shahrixon, Qonliko‘l, Taxtako‘pir, Chimboy, Mirzaobod, Bog‘ot, Ulug‘nor, Xo‘jayli, Shumanay, Mirzacho‘l, Do‘stlik, To‘raqo‘rg‘on tumanlari va Namangan shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi.







