O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi mashinasozlik klasteriga bordi

Prezident u yerda mahalliy mahsulot - universal traktor bilan tanishdi.

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi mashinasozlik klasteriga bordi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chirchiq qishloq mashinasozligi klasteriga tashrif buyurib, u yerda ishlab chiqarilgan birinchi mahalliy mahsulot - universal traktor bilan tanishdi.

 

Bu klaster O‘zbekiston Prezidentining 2021 yil 11 noyabrdagi qaroriga asosan tashkil qilingan edi. Mashinasozlikdagi 5 ta korxona quvvatlari maqbullashtirilib, Chirchiq qishloq xo‘jaligi texnikasi zavodi negizida to‘liq siklli klaster tizimi yo‘lga qo‘yildi. Buning uchun qariyb 38 ming kvadrat metr yangi inshootlar qurilib, 35 ming kvadrat metrdan ziyod mavjud binolar taʼmirlandi.

 

Klaster yiliga 15 ming dona traktor, tirkama va boshqa texnikalar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mingta ish o‘rni yaratilgan. Yana bir muhim tomoni, tarmoq korxonalari orasida kooperatsiya kengayishi, xarajatlar va mahsulot tannarxi qisqarishiga erishilgan.

 

Yaqinda klasterda birinchi mahalliy mahsulot - universal traktor ishlab chiqarildi. Prezident Shavkat Mirziyoyev uning ilk namunalarini ko‘zdan kechirdi.

 

Shuningdek, kombayn ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu ishlarni davom ettirib, import mahsulotlarni mahalliylashtirish, bu jarayonga xususiy sektorni jalb etish muhimligi taʼkidlandi.

 

- Qishloq xo‘jaligimizda texnikaga talab katta. Bizga arzon, muqobil, tejamkor texnika kerak. Buning uchun mahalliylashtirish va tannarx bo‘yicha ishlash zarur. Dehqonlarga arzon texnika yetkazib bermasak, manfaatdorlik bo‘lmaydi, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlat rahbari texnikalarga xizmat ko‘rsatishning ahamiyatiga alohida to‘xtaldi.

 

- Bu klaster faqat sotuvchi emas, xizmat ko‘rsatuvchi ham bo‘lishi kerak, - deya taʼkidlandi.

 

Toshkent viloyati misolida servis maskanlari tashkil etish, yoshlarni bepul o‘qitib, sifatli xizmatlarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi.

 

Klasterda ilm-fan va ishlab chiqarishni uyg‘unlashtirishga alohida eʼtibor qaratilgan bo‘lib, shu maqsadda zamonaviy ilm markazi ishga tushirildi. Bu yerda Germaniya va Shvetsiya kompaniyalarining taʼlim markazlari bilan hamkorlikda uzluksiz dual taʼlim shaklidagi o‘quv jarayonlari yo‘lga qo‘yilgan. Shu bilan birga, oliy taʼlim muassasalari talabalari nazariy bilimlarini klasterda amaliyot bilan mustahkamlab boradi.

 

Prezident mahsulotlar namunalarini ko‘zdan kechirdi, mutaxassislar bilan suhbatlashdi.

 

- Hozir joylarda, klasterlarda paxtani mashinada terish 50 foizga yaqinlashmoqda. Bu yil 6 oyda meva-sabzavotning o‘zidan 550 million dollardan ko‘p eksport qildik, yaqin kelajakda 2-3 milliardga yetkazmoqchimiz. Qishloq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida yana loyihalar ko‘p. Ularda mahsuldorlikni oshirish, odamlar mehnatini yengillashtirish uchun sifatli, xamyonbop texnikalar zarur, - dedi Prezident. 

 

Klaster faoliyatida muqobil elektr energiyasi manbalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilgan. Xususan, 20 ming kvadrat metr maydonda quyosh batareyalarini o‘rnatildi. Bu klasterning elektr energiyasiga talabining 30 foizigacha taʼminlashi mumkin.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Shavkat Mirziyoyev Chirchiqdagi mashinasozlik klasteriga bordi | Zamon.uz