O'zbekiston

Vazirlarga ishsiz aholi bandligini taʼminlash topshirildi

Hozirgacha tadbirkorlar 400 ming aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha tashabbus bildirgan.

Vazirlarga ishsiz aholi bandligini taʼminlash topshirildi

 

Vazirlar va viloyat hokimlariga 400 ming ishsiz aholining bandligini taʼminlash topshirildi. Bu haqda Prezident boshchiligidagi videoselektorda maʼlum qilindi.

 

“20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi asosida hozirgacha 4,5 ming nafar tadbirkor 65 trillion so‘mlik loyihani ishga tushirib, 400 ming aholi bandligini taʼminlash bo‘yicha tashabbus bildirgan.

 

Ularga yaratilgan yangi sharoitlar hisobiga 1 trillion so‘mlik soliq imtiyozlari berish hisob-kitob qilingan.

 

Bundan tashqari, dasturga kirmagan, lekin 40 tadan 50 tagacha ish o‘rni yaratish imkoniyatiga ega yana 2 mingta tadbirkor bor. Shuningdek, 14 ta tajriba tumanida ushbu dasturda qatnashib, 50 ming aholini ish bilan taʼminlash tashabbusini bildirgan qo‘shimcha 725 nafar tadbirkor ham aniqlandi.

 

Tegishli vazirlar va viloyat hokimlariga ushbu loyihani yurgizib, 400 ming ishsiz aholining bandligini taʼminlash topshirildi. Yil yakuniga qadar dastur bilan 10 ming nafar tadbirkorni qamrab olish vazifasi qo‘yildi.

 

Shu bilan birga, tadbirkorni ro‘yxatga olish, loyihasini shakllantirish, biznes-reja ishlab chiqishga ko‘maklashish, moliyaviy va huquqiy maslahat berish kabi xizmatlar bir joyda ko‘rsatilishi kerakligi qayd etildi.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.