Bir guruh o‘zbek san’atkorlari Ozarbayjon davlat mukofotlari bilan taqdirlanishdi
Ayni kunlarda Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari davom etmoqda.

Madaniyat vazirligining xabar berishicha, bir guruh o‘zbekistonlik san’atkorlar Ozarbayjonning yuksak davlat mukofotlariga munosib ko‘rilgan.
Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan, O‘zbekiston xalq artisti Abduhoshim Ismoilov va O‘zbek davlat simfonik orkestri bosh dirijyori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlangan.
Ayni kunlarda Ozarbayjonda O‘zbekiston madaniyati kunlari davom etmoqda.







