Pekin misli ko‘rilmagan suv toshqinlari ostida
Xitoy shimolida 20 ga yaqin odam halok bo‘lgan, 133 mingdan ortiq kishi jabrlangan.

Xitoyda qutqaruvchilar bir necha kun davom etgan misli ko‘rilmagan yomg‘irdan keyin suv toshqini tufayli to‘sib qo‘yilgan Pekin ko‘chalarida qutqaruv-qidiruv ishlarini boshlab yubordi. Suv bosgan chekka hududlarga vertolyotlar yuk tashimoqda.
So‘nggi bir necha kun ichida mintaqa shaharlarida kamida 20 kishi halok bo‘lgan, 27 kishi bedarak yo‘qolgan va 133 mingdan ortiq kishi jabrlangan. To‘xtovsiz yog‘ayotgan yomg‘ir oqibatida ko‘chalarni suv bosib, daraxtlarni ag‘darib tashlagan va elektr uzatish liniyalari shikastlangan.
Toshqin Pekin rasmiylarini sarosimaga solib qo‘ygan. Xitoy poytaxti odatda quruq va doimiy issiq havoga ega.
Xitoyda eng ko‘p halokat keltirgan suv toshqini 1998 yilda bo‘lib, o‘shanda 4150 nafar kishi halok bo‘lgan edi.







