Rossiya sudi Apple’ni taqiqlangan ma’lumotlarni o‘chirmagani uchun jarimaga tortdi
Ushbu holat ilk marta kuzatilmoqda.

Rossiya sudi Apple’ni taqiqlangan ma’lumotlarni o‘chirmagani uchun birinchi marta jarimaga tortdi; ikkita podkast kompaniyaga 400 000 rublga tushdi.
Protokol “Rossiyadagi siyosiy vaziyatni beqarorlashtirish”ga qaratilgan podkastlar uchun tuzilgan.Bu haqda sud matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Aniqlanishicha, yig‘ilish 3 avgust kuniga belgilangan.
Qayd etilishicha, protokol birinchi marta Roskomnadzor tomonidan Rossiya Federasiyasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 13.41-moddasi 2-qismi bo‘yicha yolg‘on ma’lumot tarqatgani uchun Amerika kompaniyasiga nisbatan tuzilgan.
Ma’lum qilinishicha, xuddi shu kuni yana bir shunga o‘xshash protokol Wikimedia Foundation (Vikipediya internet resursi egasi)ga nisbatan ham ko‘rib chiqiladi.







