Jahon

Rossiya mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirdi

Mudofaa xarajatlari 2023-yilning dastlabki 6 oyida byudjetga sarflangan barcha pullarning 37 foizini tashkil qilgan.

Rossiya mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirdi

 

Rossiya hukumati 2023-yil uchun tasdiqlangan butun harbiy byudjetni yil yakuniga yetmasidanoq sarfladi va Ukrainani zabt etish uchun tashlangan armiyaga sarflashni rejalashtirgan mablag‘ni ikki baravar oshirishga majbur. Bu haqda Reuters hukumatning g‘aznachilik xarajatlari ijrosi bo‘yicha yopiq hujjatlariga tayanib xabar bermoqda.

 

Agentlikning ta'kidlashicha, dastlabki 6 oyda mudofaa xarajatlari 5,59 trillion rublni yoki byudjetga sarflangan barcha pullarning 37 foizini tashkil qilgan. Shu bilan birga, yil uchun byudjet to'g'risidagi qonunga "milliy mudofaa" moddasi bo'yicha 4,91 trillion rubl kiritilgan — bu bir yil avvalgidan 1,5 barobar ko'p.

 

Yillik mudofaa xarajatlarining yangi rejasi 9,7 trillion rubl yoki joriy kurs bo‘yicha 102 milliard dollarni tashkil etadi, deb yozadi Reuters. Bu dastlab rejalashtirilganidan deyarli ikki baravar ko'p va barcha byudjet xarajatlarining uchdan bir qismini tashkil etadi — 29,06 trillion rubl.

 

Umuman olganda, 2023-yilning birinchi yarmida byudjetdan 14,97 trillion rubl sarflangan — bir yil avvalgiga nisbatan 2,44 trillion rubl ko‘p. Bundan tashqari, qo'shimcha xarajatlarning 97 foizi qurol-yarog', armiya va tegishli buyumlar ishlab chiqarishga sarflandi.

 

Rasmiylar yanvar-iyun oylarida faqat harbiylarning maoshlariga qariyb 1 trillion rubl sarflagan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 543 milliardga ko‘p. Natijada, harbiy xarajatlarning byudjetdagi ulushi mavjud statistik ma'lumotlarning butun davri uchun maksimal darajaga yetdi.

 

Nashr ma'lumotlariga ko'ra, 2011-yildan 2022-yilgacha Rossiya mudofaaga mamlakat byudjetining 14 foizdan 23 foizgacha mablag'larini sarflagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya mudofaa xarajatlarini ikki baravar oshirdi | Zamon.uz