O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod sammitida ishtirok etdi

Unda Prezident mintaqadagi yangi xavf-xatarlarga eʼtibor qaratib, ularga munosib va chuqur o‘ylangan javoblarni birgalikda izlash zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod sammitida ishtirok etdi

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4 avgust kuni Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedov raisligida hamda Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon ishtirokida o‘tgan uch tomonlama sammitda ishtirok etdi.

 

Uchrashuv kun tartibiga muvofiq, suv resurslaridan oqilona foydalanish, energetika sohasini rivojlantirish, transport-logistika salohiyatini oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Davlat rahbari so‘zining avvalida Turkmaniston Prezidentiga sammitni tashkil etgani va ko‘rsatilayotgan mehmondo‘stlik uchun hamda Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedovga tadbirni o‘tkazish tashabbusi uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Mintaqa mamlakatlarining mushtarak ochiqlik, birdamlik va hamjihatlik siyosati o‘zining amaliy natijalarini berayotgani qayd etildi. Sanoat, qishloq xo‘jaligi, energetika va logistika sohalarida savdo amaliyotlari va kooperatsiya kelishuvlari karrasiga oshdi. Hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengaydi.

 

Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Maslahat uchrashuvlarining samarali faoliyati qayd etildi. Yakdillik tufayli ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan o‘zaro maqbul yechimlar qabul qilinayotgani taʼkidlandi.

 

O‘zbekiston Prezidenti yangi xavf-xatarlarga eʼtibor qaratib, ularga munosib va chuqur o‘ylangan javoblarni birgalikda izlash zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.

 

Bu mintaqada suv tanqisligi tobora ortib, keyingi yillarda keskin tus olayotgan sharoitda ayniqsa muhimdir.

 

Suv tejaydigan ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va irrigatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, suv resurslarini boshqarish jarayonlarini raqamlashtirish, sel va toshqin suvlarini to‘plash va saqlash uchun infratuzilmani birgalikda rivojlantirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlikni faollashtirish taklif qilindi.

 

- Bu masalalarda Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining butun salohiyatini hamda Jahon banki va Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki kabi sherik tashkilot va tuzilmalar doirasidagi hamkorlikni ishga solish lozim, – dedi davlat rahbari.

 

So‘ng Prezident Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida energetika sohasida, shu jumladan energiya resurslarini yetkazib berish va ularning tranziti borasida yaqin, samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini taʼkidladi.

 

Mamlakatlarning “yashil” iqtisodiyotga o‘tishga intilishi mushtarak ekanini hisobga olib, gidro va issiqlik energetikasida loyihalarni birgalikda amalga oshirish tashabbusi ilgari surildi.

 

O‘zaro integratsiyalashgan transport infratuzilmasini yaratish borasidagi saʼy-harakatlarni birlashtirish masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Mamlakat yetakchisi “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron” yo‘lagining rivojlantirilishi, Transkaspiy yo‘nalishi salohiyatining ishga solinishi Markaziy Osiyoning “Sharq – G‘arb” va “Shimol – Janub” xalqaro yo‘laklaridagi tranzit markazi sifatidagi jozibadorligini oshirishiga ishonch bildirdi.

 

Shu maqsadda xalqaro yuk tashuvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish, raqamlashtirishni jadallashtirish va nazorat-o‘tkazish maskanlarining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini oshirish yo‘lida birgalikda ishlash taklif qilindi.

 

Dunyoning bosh maydoni – Birlashgan Millatlar Tashkiloti doirasida saʼy-harakatlarni muvofiqlashtirish va mintaqa mamlakatlari tomonidan ilgari surilayotgan tashabbuslarni o‘zaro qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

 

Davlat rahbari so‘zining yakunida O‘zbekiston Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va ravnaqni taʼminlashga qaratilgan tashabbuslarni bundan buyon ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini taʼkidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod sammitida ishtirok etdi | Zamon.uz