O'zbekiston

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

Ashxobodda O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari muzokara o‘tkazdi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti bilan uchrashdi

 

Shavkat Mirziyoyev Ashxobod shahrida Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

 

Uchrashuvda davlat rahbarlari qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p asrlik do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalariga asoslangan O‘zbekiston-Turkmaniston chuqurlashgan strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalarini muhokama qildi.

 

Shuningdek, amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

"O‘zaro savdo hajmi oshib bormoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida manfaatli hamkorlik kengaymoqda. ’Shovot-Toshovuz‘ qo‘shma savdo zonasini tez fursatda ishga tushirish zarurligi qayd etildi", — deyiladi xabarda.

 

Birgalikdagi kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlar o‘rtasidagi almashinuvlar va madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, uchrashuv dacomida mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"