Toshkentda elektrobus yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketdi
Holat bo‘yicha YHXB maʼlumot berdi.

Bugun, 4 avgust kuni Toshkent shahrining Sergeli tumanida yo‘lovchi avtobus ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Holat yuzasidan shahar IIB YHXB maʼlumot berdi.
Holat soat 13.05 larda Sergeli tumani Yangi Sergeli ko‘chasida yuz bergan. Unda YUTONG rusumli elektrobusi hamda ZIL-130 rusumli transport vositasi o‘zaro to‘qnashib ketgan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, YTHga Zil-130 rusumli transport vositasi haydovchisining ehtiyotsizligi sabab bo‘lgan.
Hodisa oqibatida tan jarohat olganlar yo‘q. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.







