O'zbekiston

Toshkentda fuqarolarning plastik kartalaridan 12 mlrd so'm o'g'irlandi

Plastik kartalardagi pullar turli to‘lov tizimlari orqali xorijiy davlatlarga chiqib ketgan.

Toshkentda fuqarolarning plastik kartalaridan 12 mlrd so'm o'g'irlandi

 

Avvalroq “Gazeta.uz” Toshkentdagi Freedom Payments (Freedom Pay) xorijiy kompaniyasi ofisiga niqob taqqan shaxslar kelib bir necha xodimni hibsga olgani haqida xabar bergandi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.

 

Ma'lum qilinishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan ish yurituvida fuqarolarning plastik kartalaridan 12 milliard soʻm miqdoridagi pullarning oʻgʻirlanganligi yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (Oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi tergov qilinmoqda.

 

Xabarda keltirilishicha, jinoyatni toʻliq fosh qilish va jinoyat uchun jazo muqarrarligi prinsipini taʼminlash, fuqarolarga yetkazilgan moddiy zararni qoplatish choralarini koʻrish maqsadida bir qator tergov-tezkor harakatlar olib borilmoqda. Tergov jarayonida plastik kartalardagi pullar turli toʻlov tizimlari orqali xorijiy davlatlarga chiqib ketganligi aniqlangan.

 

Mazkur jinoyat ishi doirasida poytaxtdagi toʻlov tizimi kompaniyalaridan birida tekshiruv oʻtkazilgan. Tekshiruv jarayonida hech kim hibsga olinmagan, kompaniya masʼul xodimlaridan holat yuzasidan tushuntirish olingan.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"