O'zbekiston

Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloq vafot etdi

SSV holat bo‘yicha munosabat bildirdi.

Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloq vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 6-sonli tug‘uruqxonada egizak chaqaloqlar vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Holatga Sog‘liqni saqlash vazirligi munosabat bildirdi.

 

Aniqlanishicha, bemor D.Sh. egizak homiladorlikning og‘ir asoratli kechishi tufayli 6-sonli tug‘uruq kompleksiga joriy yil uch marotaba (4-11 aprel, 29 may-5 iyun va 13-17 iyun kunlari) yotqizilgan va homilaning surunkali tushish xavfi bilan davolangan.

 

Ayolda homilani saqlash bo‘yicha olib borilgan statsionar va ambulator muolajalarga qaramay, 2023 yil 22 iyun kuni to‘rtinchi marotaba tez tibbiy yordam xizmati avtomashinasi orqali ushbu tug‘uruq muassasasiga shoshilinch ravishda olib kelingan.

 

Unga “Homiladorlik-1. Egizak. Erta tug‘uruqning boshlanishi. Homila ichki infeksiyasi. Kam suvlik.” tashxisi qo‘yilgan.

 

2023 yil 22 iyun kuni soat 21:45 da ayolda erta tug‘uruq kuzatilgan. Asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, chuqur asfiksiya, sust yurak urishi bilan 660,0 gr., 33 sm. uzunlikdagi qiz jinsli chaqaloq tug‘ilgan. Biroq shifokorlar tomonidan o‘z vaqtida olib borilgan yurak-o‘pka reanimatsiyasi muolajalari samara bermagan.

 

Ikkinchi qiz jinsli o‘lik chaqaloq 15 daqiqadan so‘ng asoratli tug‘uruq belgilari bilan og‘ir darajadagi chalalik, o‘lik homilaning bachadonda ko‘ndalang joylashuvi, 560,0 gr., 31 sm. uzunlik ko‘rsatkichlari bilan tug‘ilgan.

 

Shundan so‘ng yo‘ldosh gistologiya tekshiruviga yuborilgan.

 

Bemor D.Sh.ning qarindoshlari tomonidan yozma ravishda imzolangan tilxatda tibbiyot xodimlariga eʼtirozi yo‘qligi va patanatomik tekshiruvga qarshiligi to‘g‘risidagi qatʼiy talabi tufayli o‘ta kam vaznli (660,0 va 560,0 gr.) chaqaloqlarni patanatomik tekshiruvdan o‘tkazish imkoni bo‘lmadi.

 

Ayol 2023 yil 23 iyun kuni qoniqarli ahvolda shifoxonadan chiqarilgan.

 

“Xalqaro miqyosdagi ilmiy manbalarga ko‘ra, 26 haftalik, o‘ta kam vazndagi chaqaloqlarning yashab qolish ko‘rsatkichi juda past hisoblanadi. Qolaversa, Bemor D.Sh.da homila ichi infeksiyasi, egizaklik holati va homilaning bachadonda ko‘ndalang joylashuvi ikkala chaqaloqdagi asoratlarni yana-da chuqurlashtirib, yashash imkoniyatidan butunlay mahrum qilgan”, — deyiladi xabarda.

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentdagi tug‘uruqxonada egizak chaqaloq vafot etdi | Zamon.uz