Zangiotada Labo yonib ketdi
Hodisaga avtomobilning Damas bilan to‘qnashishi sabab bo‘lgan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida «Labo» rusumli avtomashina yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Bugun, 4 avgust kuni soat 18:32 da Zangiota tumani “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida harakatlanib ketayotgan «Labo» rusumli avtomobil «Damas» rusumli avtomobilga urilib, yo‘l-transport hodisasi sodir etishi natijasida «Labo» rusumli avtomobilda yong‘in yuzaga kelgan.
Yong‘in joyiga 1 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:39 da yetib borib, yong‘in soat 18:41 da o‘rab olingan va soat 18:44 da o‘chirilgan. Hodisa tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.







