Dunyo okeanlari sirtida harorat rekordi yangilandi
Avvalgi rekord 2016 yilda qayd etilgandi.

Dunyo okeanlarning yuzasidagi harorat yana ko‘tarilib, yangi rekord o‘rnatildi. Hozirda suv sathi 20,96 daraja issiq.
Avvalgi rekord 2016 yilning mart oyida qayd etilgan edi, deb xabar qiladi Yevropa Ittifoqining Yerni kuzatish bo‘yicha Kopernik dasturi.
Avvalroq Vashington universiteti olimlari Tinch okeani tubida iliq suv vohasini aniqlagandi. Hududdagi harorat atrofdagi suvdan to‘qqiz daraja issiqroq ekani aniqlangan.







