Floridada akula 26 yoshli qizni tishlab oldi
U do'stlari bilan cho'milayotgan edi.

Florida shtatidagi sohil yaqinida dugonasining tug‘ilgan kunini nishonlayotgan ayolni akula tishlab oldi.
26 yoshli qiz suzayotgan do‘stlariga qo'shilish uchun suvga sakragan. Ular tug'ilgan kunni qayiqda nishonlayotgan edi.
Qizlarning oldiga akula suzib keldi. Yirtqich hujumidan keyin do'stlari uni qayiqqa sudrab kelib, tez yordam chaqirishdi. Akula qizning 14 ta joyini tishlagan.







