Toshkentda tirbandlikni oldini olish maqsadida yuk mashinalari harakati cheklanishi mumkin
Toshkent shahar IIBB bu bo'yicha ma'lumot berdi.

Toshkent shahar IIBB tig‘iz vaqtlarda poytaxt ko‘chalarida yuk mashinalarining harakatlanishini cheklash masalasi o‘rganmoqda.
Toshkent shahar IIBB o‘zining Telegram-kanalida poytaxt hududida tirbandlikni kamaytirish va oldini olish maqsadida, yuk tashuvchi transport vositalari harakatini tig‘iz vaqtlarda, yaʼni ertalab soat 07:00 dan 10:00 ga qadar hamda kechki payt soat 17:00 dan 20:00 ga qadar cheklash bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazmoqda.
Hozirgacha so‘rovnomada 4,5 mingdan ortiq kishi qatnashgan, ularning 89 foizi taqiqqa roziligini ma'lum qilgan.







