Shoyguning tashrifidan so‘ng Kim Chen In qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi
Bu mamlakat mudofaasini yangilash jarayonida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In qurol-yarog‘ zavodlariga mamlakat mudofaasini yangilash doirasida ishlab chiqarishni ko‘paytirishni buyurdi. Bu haqda mahalliy OAVlarga tayanib "Sky News" xabar bermoqda.
Bu mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Shimoliy Koreyaga tashrifidan bir necha kun o‘tib sodir bo‘ldi. Maʼlumotlarga ko‘ra, hafta oxirida Kim qanotli raketalar, samolyotlar ishlab chiqaruvchi korxonalarda tekshiruv o‘tkazgan.
Pxenyan yetakchisi jangovar shaylikni oshirish bo‘yicha muhim masʼuliyat va vazifalarni qayd etib, strategik qurollar uchun har xil turdagi ilg‘or dvigatellarni ommaviy ishlab chiqarishga chaqirdi.







