Toshkentda ko‘p qavatli uyda yong‘in yuz berdi
Holat bo‘yicha FVV ma’lumot berdi.

Bugun, 7-avgust kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanidagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:59 da Yashnobod tumani “Ibrat” MFY Chirchiq ko‘chasida joylashgan 2-qavatli uyda yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 16:15 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 16:49 da o‘rab olingan va soat 16:50 da o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida uyning taxminan 90 kvadrat metr maydonda tom qismi yonib zararlangan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.







