Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 200 million dollarlik qurol-yarog‘ jo‘natadi
Bu mablag‘lar harbiy texnika narxini hisoblashda buxgalteriya hisobidagi xatolik natijasida oshiqcha hisoblab yuborilgan summaning (6,2 milliard dollar) bir qismidir.

Bugun Qo‘shma Shtatlar Kiyevga 200 million dollarlik qurol-yarog‘ yuborishini eʼlon qiladi. Bu mablag‘lar harbiy texnika narxini hisoblashda buxgalteriya hisobidagi xatolik natijasida oshiqcha hisoblab yuborilgan summaning (6,2 milliard dollar) bir qismidir.
Paket tarkibiga tankga qarshi raketa tizimlari, jumladan TOW, AT4 va Javelin, minalardan tozalash uskunalari va Patriot zenit-raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar, shuningdek, boshqa jihozlar kiradi.







