O'zbekiston

Magistraturaga hujjat topshirganlarga arizalarini tahrirlashga 2 kun vaqt berildi

Xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha sertifikati rad etilgan qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmasligi ma'lum qilindi.

Magistraturaga hujjat topshirganlarga arizalarini tahrirlashga 2 kun vaqt berildi

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining xabar berishicha, 2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

 

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va boshqalar) rad etilgan.

 

"Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi", — deyiladi xabarda.

 

Qayd etilishicha, rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi. Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

 

Shuningdek, ta'kidlanishicha, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti rasmiy tashrif bilan Serbiyaga bordi

Serbiya havo hududida O‘zbekiston yetakchisining samolyotiga mezbon mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi uchoqlari hamrohlik qildi.

custom img

Buxoroda 7 ta dorixonada noqonuniy savdoda bo‘lgan 101 turdagi dori vositasi aniqlandi

Nazorat tadbirlari “Arzon apteka bot”dagi e’lonlar asosida o‘tkazilgan.

custom img

Qidiruvdagi shaxs jamoat transportida qo‘lga olindi

Ushbu shaxs Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida gumonlanib, qidiruvga berilgan.

custom img

Kredit qarzini undirishda bank kartasida kamida 680 ming so‘m qoldirish taklif etilmoqda

Loyiha jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi.

custom img

Maktablarda har dushanba kuni “Kelajak soati” darslari tashkil etilmoqda

Mashg‘ulotlar o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, milliy o‘zlikni anglash va ijtimoiy-emotsional ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan.

custom img

Toshkentdagi maktabda 3-sinf o‘quvchisi temir yutishga majburlandi

Bola yot jismni yutib yuborgach, shifoxonaga yotqizilib, operatsiya qilingan.

custom img

Psixotrop dori sotayotgan feldsher qo‘lga tushdi

Toshkent va Qashqadaryoda qiymati 400 million so‘mdan ortiq kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishiga chek qo‘yildi.

custom img

“Bunyodkor” stadioni qarzdorlik tufayli elektr tarmog‘idan uzib qo‘yildi

Elektr yo‘qligi sabab O‘zPFL ofisi masofadan ishlashga o‘tgan, Liga serverlari esa faoliyatini to‘xtatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"