O'zbekiston

Prezidentga sport sohasidagi vazifalar bo‘yicha axborot berildi

Taqdimotda ommaviy sport, etnosport va gimnastikani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Prezidentga sport sohasidagi vazifalar bo‘yicha axborot berildi

 

Prezidentga sport sohasidagi yirik tadbirlar va rejalar haqida axborot berildi.

 

O‘zbekistonda sport ancha rivojlanib bormoqda. Futbol, voleybol, boks, kurash, shaxmat, tennis, og‘ir va yengil atletikalarning ko‘plab turlari ommalashgan. Davlat rahbari g‘oyasi bilan tashkil etilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” yosh avlod orasida jismoniy madaniyatni yana-da keng yoyishga xizmat qilmoqda. 

 

Taqdimotda ommaviy sport, etnosport va gimnastikani rivojlantirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi. 

 

Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi”dagi sport turlari sonini 9 tadan 12 tagacha ko‘paytirish hamda ilk bor nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida ham 5 ta yo‘nalishda o‘tkazish taklif qilinmoqda. Har yili Navro‘z bayrami arafasida Surxondaryoda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro chavandozlar musobaqasini respublikaning boshqa hududlarida ham tashkil qilish mo‘ljallanmoqda. Yakkakurashlar bo‘yicha salohiyatni to‘g‘ri yo‘naltirish maqsadida barcha sport maktablarida qo‘l jangi to‘garaklarini ochish belgilanmoqda.

 

Maʼlumki, 2022 yil 25 mayda Prezidentning “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan. Unda, jumladan, Xiva shahrida har ikki yilda bir marta Xalqaro etnosport festivali o‘tkazilishi belgilangan.

 

Ilk festivalni joriy yil 7-10 sentyabr kunlari Ichan qalʼada o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Uning doirasida xalq o‘yinlari va sport musobaqalari, hunarmandchilik ko‘rgazmalari, qovun sayli, osh pishirish chempionati, sahnalashtirilgan dasturlar bo‘lib o‘tadi.

 

Davlat rahbari festivalga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish, ishtirokchilar va turistlarga barcha qulayliklarni yaratish, Xiva shahrida “Xalqaro etnofestival bog‘i”ni tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

Prezidentning 2022 yil 23 dekabrdagi qaroriga muvofiq, gimnastika sport turlarini rivojlantirish bo‘yicha ham ko‘p ishlar qilinmoqda. Xususan, Nukus, Samarqand va Farg‘ona shaharlarida Gimnastika sport turlariga tayyorlash markazlari tashkil etilmoqda. Ular ixtisoslashtirilgan sport-taʼlim muassasasi hisoblanadi, bitiruvchilarga murabbiy va seleksioner mutaxassisligi bo‘yicha diplom beriladi. Hozirda markazlar uchun binolar qurish, rekonstruksiya qilish va jihozlash bo‘yicha loyihalar ishlanmoqda. Mazkur sport muassasalari 2024/25 o‘quv yilidan faoliyat boshlaydi.

 

Davlat rahbari bu markazlarda sportchilarni tayyorlash bo‘yicha eng ilg‘or uslublarni joriy etish, diyetologiyani rivojlantirish, o‘quvchilarning qatnoviga qulaylik yaratish zarurligini taʼkidladi. 

 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezidentga sport sohasidagi vazifalar bo‘yicha axborot berildi | Zamon.uz