60 soniya ichida 70 ta jamoa nomini aytgan yigit rekord o‘rnatdi
17 yoshli Hasan avval ham ikki marta rekord o‘rnatgan

17 yoshli futbol ishqibozi jahon rekordini o‘rnatdi. Bayrutda yashovchi Hasan Deyning sportga bo‘lgan muhabbati uni Ginnesning rekordlar kitobiga kiritdi.
Hasan bir daqiqa ichida futbol jamoalarining gerbi orqali ularni aniqlab berdi. 60 soniya ichida u naqd 70 ta jamoa nomini topishga ulgurdi.
Asosiy shart qisqartishlardan foydalanmagan holda jamoaning rasmiy nomini to‘liq aytish edi. Bundan avval ham u ikki marta rekord o‘rnatgan. Endi o‘z ismi qayd etilgan yangi nashr chop etilishini kutmoqda.







