O'zbekiston

Prezident Romitandagi mahallada mehmon bo‘ldi

Uchrashuvda nuroniylar yoshlar tarbiyasi, tuman rivoji bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Prezident Romitandagi mahallada mehmon bo‘ldi

 

Davlat rahbari Buxoro viloyati Romitan tumanidagi Qahramon mahallasida bo‘lib, aholi turmushi bilan yaqindan tanishdi.

 

Bu yerda 3 ming 900 nafarga yaqin aholi yashaydi. Mahallaning drayveri hunarmandlik va issiqxona xo‘jaligi deyish mumkin. 200 gektar maydondagi issiqxonalarda bozorbop sabzavotlar yetishtirib sotiladi. Shuningdek, mebelsozlik, tikuvchilik, zardo‘zlik yaxshi rivojlangan.

 

Prezident shu yerlik Halil Qobilov va Gulbahor To‘xtayevalar xonadonida bo‘ldi. Qo‘ni-qo‘shnilar, oqsoqollar yig‘ilib, samimiy davra qurildi.

 

Mahalla raisi hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab berdi.

 

Mahallada o‘ndan ortiq savdo do‘koni, tikuvchilik ustaxonalari, mehmonxona va restoranlar bor. Ularda mahalliy yoshlar ishlab, daromad topmoqda. Umuman aytganda, mahallada ishsiz odam yo‘q, o‘tgan davrda bironta jinoyat sodir etilmagan.

 

“Obod mahalla” dasturi asosida infratuzilma yaxshilangan. Xususan, ichki yo‘llar asfaltlanib, pidyodalar yo‘laklari qurilgan. Transformator o‘rnatilib, elektr tarmoqlari yangilangan.

 

“Odamlarga nima kuch beradi? Islohotlar natijasini o‘z hayotida ko‘rish. Bugun odamlarimiz shunday ruh bilan ertangi kunga intilayapti. Harakat qilgan oilaning biri ikki bo‘lyapti. xalqimiz bizga katta ishonch bildirdi. Yanada o‘zgarishlarni, yangi tashabbuslarni kutayapti. Bu juda yuksak masʼuliyat”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Uchrashuvda nuroniylar yoshlar tarbiyasi, tuman rivoji bo‘yicha o‘z takliflarini bildirdi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

Bagajsiz uchgan yo‘lovchilar: 99 ta bagaj Istanbulda qolib ketdi

«Centrum Air» yo‘lovchilarining 100 ga yaqin bagaji Istanbulda qoldirib ketildi.

Prezident Romitandagi mahallada mehmon bo‘ldi | Zamon.uz