Jahon

Qora dengiz: Nima uchun uning strategik ahamiyati katta?

Dengiz baʼzi mamlakatlar uchun iqtisodiy jihatdan muhim o‘ringa ega. Jumladan Rossiya va Ukraina uchun ham…

Qora dengiz: Nima uchun uning strategik ahamiyati katta?

 

Rossiya va Ukraina uchun Qora dengiz o‘ziga xos dunyoga kirish eshigi bo‘lib, uning strategik va iqtisodiy jihatdan muhim o‘ringa ega.

 

Rossiya uchun ham, Ukraina uchun ham Qora dengiz o‘ziga xos dunyoga kirish eshigi bo‘lib, uning strategik va iqtisodiy ahamiyati juda katta. Ammo boshqa davlatlar, birinchi navbatda Turkiya, Bolgariya va Ruminiyaning ham Yevropa va Osiyo o‘rtasida joylashgan bu mintaqada o‘z manfaatlari bor. Bu manfaatlar qanday namoyon bo‘ldi va Rossiya tomonidan “don bitimi”ni bekor qilish ularga qanday taʼsir qildi ?

 

Urush sharoitida Ukraina donini Qora dengiz portlari orqali jahon bozoriga olib chiqish imkonini beruvchi “don kelishuvi”dan Rossiya chiqib ketganidan keyin Qora dengiz suvlarida vaziyat keskinlashdi. 19 iyul kuni Rossiya Mudofaa vazirligi 20 iyuldan boshlab Qora dengiz bo‘ylab Ukraina portlariga suzib ketayotgan barcha kemalar potensial harbiy yuk tashuvchilar sifatida ko‘rib chiqilishini maʼlum qildi.

 

20 iyul kuni Ukraina Mudofaa vazirligi ham xuddi shunday bayonot bilan chiqdi. 21 iyuldan boshlab Rossiyaning Qora dengizdagi portlariga, shuningdek, qo‘shib olingan hududlardagi portlarga yo‘l olgan barcha kemalar Kiyev tomonidan “barcha xavf-xatarlarni hisobga olgan holda” harbiy yuk tashuvchi sifatida ko‘rib chiqiladi”, - deya taʼkidladi Ukraina mudofaa vazirligi.

 

Rossiya Qora dengizni o‘zining asl taʼsir doirasi deb hisobladi. Hatto Rossiya imperiyasi mavjud bo‘lgan davrda ham, keyin Sovet davrida ham bu dengizga ushbu davlatning janubiy qanoti deb qaralgan. Va bugungi kunda Qora dengizni Moskva O‘rta yer dengizi, Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va Janubiy Yevropaga taʼsir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tayanch sifatida ko‘rmoqda. Bu, shuningdek, Rossiyaga Suriya yoki Liviya kabi faol harbiy faoliyat olib borayotgan uzoqroq davlatlarga kirish imkonini beradi. Xususan, Suriyadagi Tartusda Rossiya allaqachon o‘zining harbiy-dengiz bazasiga ega.

 

Rossiya Federatsiyasi uchun Qora dengiz floti mintaqadagi asosiy rolni o‘ynaydi, uning asosiy dengiz bazasi 1783 yildan beri Sevastopolda joylashgan. 2014 yilda Rossiya Federatsiyasi tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarimorolidagi bu shahar Rossiya uchun nihoyatda muhim. Axir u yerda qishda ham harbiy maqsadlarda foydalanishga yaroqli, muzsiz, chuqur suvli dengiz porti mavjud.

 

Xalqaro qonunlarga ko‘ra, Rossiya Qora dengiz sohillarining atigi 10 foiziga egalik qiladi. Biroq, mintaqadagi taʼsirining kengayishi tufayli, Moskva hozirda qirg‘oq chizig‘ining uchdan bir qismini amalda nazorat qiladi. Qora dengiz Rossiya uchun savdo siyosati nuqtai nazaridan ham katta ahamiyatga ega. Mahalliy portlar orqali Moskva don, o‘g‘it va boshqa tovarlar eksportining katta qismini amalga oshiradi. Qora dengiz orqali o‘tadigan savdo yo‘li Rossiya uchun tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda, chunki u G‘arbning Rossiyaga qarshi sanksiyalariga qo‘shilmagan mamlakatlarga tovarlarni yetkazib bera oladi.

 

Ukraina uchun Qora dengiz portlarining tijorat ahamiyati ham nihoyatda katta. Tinchlik davrida Ukraina eksportining 50 foizdan ortig‘i mamlakatning eng yirik Qora dengiz porti - Odessa orqali o‘tar edi.

 

Qora dengiz mintaqasi dunyodagi eng katta “non savatlari”dan biri hisoblanadi. Urushdan oldin Rossiya va Ukraina birgalikda jahon kungaboqar yog‘i eksportining 60 foizini, bug‘doy eksportining deyarli 24 foizini va arpa eksportining qariyb 19 foizini tashkil qilgan.

 

Rossiya va Ukrainaning Qora dengizdagi savdo kemalari uchun qo‘shimcha xavflar haqidagi bayonotlari fonini tahlil qilishda ushbu omilni hisobga olish muhimdir. Mintaqadagi savdo yuk tashish intensivligining pasayishi har ikki davlatga jiddiy iqtisodiy zarar keltiradi. Garchi urush fonida Ukraina o‘zining eksport yo‘nalishlarini diversifikatsiya qilgan bo‘lsada, bugungi kunda mamlakat g‘allasining atigi 40 foizi Qora dengiz orqali eksport qilinadi, qolgan qismi esa Yevropa Ittifoqi orqali.  

 

Yevropa Ittifoqiga kelsak, G‘arb va Sharqni bog‘laydigan yo‘llar u uchun ham tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yevropa Ittifoqining ikki davlati - Ruminiya va Bolgariya Qora dengizga chiqish imkoniyatiga ega. Bryussel Gruziya va Ukraina bilan Yevropa assotsiatsiya shartnomasini imzoladi. Yevropa Ittifoqi Qora dengizni Osiyo va Yevropa o‘rtasida yuk va energiya tashish uchun muhim yo‘lak sifatida ko‘proq ko‘rib chiqmoqda.

 

Yevropa Rossiya nefti va gazidan borgan sari mustaqil bo‘lishga intilayotgan bir paytda, Kavkazning resurslarga boy davlatlari, ayniqsa, Ozarbayjon, tobora ko‘proq birinchi o‘ringa chiqib bormoqda. Boku neft va gazni Gruziya va Turkiya orqali Yevropaga eksport qiladi. Ushbu Qora dengiz yo‘li shimolda Rossiyani va janubda Eronni chetlab o‘tadi va shuning uchun ikki davlatga nisbatan qattiq iqtisodiy sanksiyalar qo‘ygan yevropaliklar uchun alohida strategik ahamiyatga ega.

 

Ozarbayjon energiya yetkazib beruvchisi sifatida Yevropa Ittifoqi uchun tobora strategik ahamiyat kasb etmoqda.

 

O‘z navbatida, NATO Qora dengizda muhim xavfsizlik manfaatlariga ega. 1997 yildan boshlab Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlangunga qadar Shimoliy Atlantika alyansi har yili ushbu suv hududida keng ko‘lamli mashqlar o‘tkazar edi. Biroq, NATOga aʼzo bo‘lgan uchta davlatning harbiy-dengiz kuchlari doimiy ravishda bu yerda mavjud: Bolgariya, Ruminiya va Turkiya. Bu Turkiyaning Bosfor va Dardanel bo‘g‘ozlari ustidan to‘liq suverenitetini kafolatlaydigan 1936 yildagi Montro konvensiyasi bilan bog‘liq – Qora dengizdan O‘rtayer dengiziga chiqishning yagona yo‘li. 2022 yil fevral oyida Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi boshlanganidan so‘ng Turkiya bu bo‘g‘ozlarni nafaqat Rossiya, balki barcha harbiy kemalar uchun yopib qo‘ydi, buning natijasida Qora dengizdagi dengiz kuchlarining muvozanati bugungi kungacha saqlanib qoldi.

 

Shunday qilib, Turkiya hozirda asosiy geostrategik pozitsiyani egallab turibdi. Chunki u Qora dengizga chiqishni nazorat qiladi, bu xalqaro shartnomalar bilan kafolatlanadi. Anqara NATOning Qora dengiz mintaqasidagi eng muhim hamkori va o‘zini Markaziy Osiyo, Kavkaz va Yaqin Sharq o‘rtasidagi savdo markazi sifatida ko‘radi.

 

Turkiya mintaqada NATO oldida yetakchi rolni egallashdan juda manfaatdor. Ayni paytda Rossiya bilan ham aloqalar Anqara uchun alohida ahamiyatga ega. Anqarada ham, Moskvada ham Qora dengiz ustuvor manfaatlar zonasi sanaladi va Turkiya Qora dengiz mintaqasida o‘nlab yillar davomida rivojlangan kuchlar muvozanati imkon qadar saqlab qolish harakatida.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qora dengiz: Nima uchun uning strategik ahamiyati katta? | Zamon.uz