Jahon

Rossiya elchixonasi xodimlari Moldovani tark etmoqda

Ayni paytda Rossiya elchixonasining 45 xodimi Kishinyov aeroportiga yetib kelgani aytilmoqda.

Rossiya elchixonasi xodimlari Moldovani tark etmoqda

 

26 iyul kuni Moldova tashqi ishlar vazirligi rossiyalik diplomatlar sonini qisqartirishga qaror qilgani haqida xabar tarqatgan edi. Bunga Rossiya Moldovada josuslik harakatlarini olib borayotgani sabab qilib ko‘rsatilmoqda. Josuslik haqida xulosaga kelishga esa RFning Kishinyovdagi elchixonasi tomida 28 ta antenna va yo‘ldosh tarelkalari o‘rnatilgani asos bo‘lgan. Moldova tomonining taʼkidlashicha, masalan Rossiyaning Belgiyadagi elchixonasida antennalar soni oz. Xullas, Moldova tashqi ishlar vazirligi qarori bilan 15 avgustgacha Rossiya elchixonasining 45 nafar xodimi Moldovani tark etishi kerak edi. 

 

Rossiya – Moldova  aviareyslari qatnovi o‘tgan yili fevraldan yopilgani uchun elchixona xodimlarini olib ketishga Moskvadan maxsus Tu-214 borti yetib kelgani aytilmoqda.  

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Rossiya elchixonasi xodimlari Moldovani tark etmoqda | Zamon.uz