Las-Vegasdagi hashamatli mehmonxonalar hasharotlarga to‘ldi
Bir kecha uchun 40 ming dollar to‘lagan mijozlar bundan shikoyat qilmoqda.

Las-Vegasdagi hashamatli mehmonxonaning narxi bir kecha-kunduz uchun 40 ming dollar. Ammo mehmonlar xona hasharotlarga to‘lganidan shikoyat qilishmoqda.
Yettita eng mashhur mehmonxona mijozlari qizargan oyoq va qo‘l suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirib, mehmonxona egalaridan tovon puli talab qilmoqdalar. Jabrlanganlarning so‘zlariga ko‘ra, choyshablarda kattaligi yirik olma urug‘igdek hasharotlar yuradi.
Ayni paytda mehmonxonalar sayyohlarning o‘zlari hasharotlar olib kelishlarini daʼvo qilib, mehmonlariga yetkazilgan zararni qoplashga shoshilmayapti.
“Vegasga har kuni minglab odamlar keladi, shuning uchun ularning kiyimlarida yotoq hasharotlari bo‘lishi mumkin. Ular mehmonxonalarga shunday kelib qolishadi”, - deydi menejer Bobbi Jeyms.
Menejerning qo‘shimcha qilishicha, mahalliy sog‘liqni saqlash rasmiylari nima bo‘layotganidan allaqachon xabardor qilingan.







