O'zbekiston

Prezident transport, energetika va sanoat loyihalari bilan tanishdi

Taqdimotda Toshkentdagi yangi aeroport qanday bo‘lishi aytildi.

Prezident transport, energetika va sanoat loyihalari bilan tanishdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev 16 avgust kuni transport, energetika va sanoat sohalaridagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Transport infratuzilmasi kengligi va qulayligi mamlakat rivojini ko‘rsatuvchi, unga qo‘shimcha impuls beruvchi muhim omil. O‘zbekistonda bu sohada ko‘plab loyihalar amalga oshirilib, avtomobil, aviatsiya, temir yo‘l, metropoliten kabi barcha tarmoqlarda yangi obyektlar ishga tushirildi.

 

Shunday loyihalardan yana biri – “Toshkent-Sharqiy” aeroportining yangilanishi. Davlat rahbari o‘tgan oyda uning qurilishini borib ko‘rgan edi. Unda berilgan topshiriqlar asosida majmua bosh rejasi samaradorlik jihatidan takomillashtirildi. Xususan, aeroport hududi 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari ham kamayadi.

 

Hozirda 4 kilometr uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bo‘lingan. Bu yerda 2 ta – yuqori martabali mehmonlar uchun hamda biznes-aviatsiya terminali bo‘ladi. 25 ta samolyot uchun turargoh, angarlar, maʼmuriyat va xizmat ko‘rsatish binolari barpo etiladi. Aeroport noqulay ob-havo sharoitlarida ham uchish-qo‘nishni taʼminlovchi ICAO III-A toifasidagi zamonaviy radiotexnika va meteorologiya uskunalari bilan jihozlanadi.

 

Toshkent shahri rivojlangani sari aholi soni ham, ularning faolligi ham oshib bormoqda. Buni shaxsiy avtomobillar ko‘payib borayotganida ham ko‘rish mumkin. Lekin, shu bilan birga, shahar ko‘chalarida tirbandlik ham ortmoqda.

 

Maʼlumki, bu muammoni hal etishning yo‘li – jamoat transportini rivojlantirish, unda yurishni avtomobil haydashdan ko‘ra qulay qilish. Shu maqsadda, Prezident ko‘rsatmasiga muvofiq, Toshkent shahriga yangi avtobus va elektrobuslar olib kelindi. Yo‘lovchi tashish quvvati oshib, jamoat transportining oraliq vaqti qisqardi. 

 

Shaharda tirbandlikni kamaytirish uchun Toshkent metropolitenining oxirgi va serqatnov bekatlari yonida avtoturargohlar barpo etish rejalashtirilgan. Maqsad – odamlar shaxsiy avtomobilini shu yerda qoldirib, shahar ichkarisiga jamoat transportida borishiga sharoit yaratish.

 

Shuningdek, taqdimot davomida mamlakatda energetika quvvatlarini oshirish masalasiga eʼtibor qaratildi. Jumladan, poytaxtda elektr energiyasi tarmoqlarining favqulodda holatlarga bardoshliligini mustahkamlash hamda muqobil energiya manbalarini integratsiya qilish choralari ko‘rilmoqda. 

 

Qayta tiklanuvchi energiya tarmog‘ida jami quvvati 13 ming 777 megavattlik 33 ta loyiha ishlab chiqilgan. Shu bilan birga, elektr energiyasi infratuzilmasini takomillashtirish va ob-havo sharoitlariga chidamliligini oshirish, zaxira quvvatlar hosil qilish, isteʼmolni aqlli boshqarish bo‘yicha ish olib borilmoqda. 

 

Taqdimotda Toshkent shahrida sanoatni rivojlantirish ko‘rsatkichlari va rejalari to‘g‘risida ham axborot berildi. 

 

Bugungi kunda poytaxt iqtisodiyotining 34 foizdan ziyodi sanoat hissasiga to‘g‘ri keladi. O‘tgan yili 110 trillion so‘mlik mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Ayniqsa, oziq-ovqat, metallurgiya, to‘qimachilik tarmoqlarida o‘sish yuqori bo‘lgan.

 

Bu sohadagi imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida “Yangihayot” industrial texnoparkini klaster tizimiga o‘tkazish taklifi bildirildi. Uning maydoni 500 gektar bo‘lishi, 810 ta korxona joylashtirilishi va 100 mingta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan. Klaster tizimi yo‘lga qo‘yilishi natijasida ishlab chiqarish sifati oshib, transport xarajatlari va tannarxni kamaytirishga erishiladi.

 

custom img

Sirdaryoda sudya va bank xodimi 7500 AQSh dollar pora bilan qo‘lga tushdi

Sudya tadbirkor bilan bog‘liq fuqarolik ishini uning foydasiga hal qilib berish evaziga pul talab qilgan.

custom img

O‘zbekiston “World Content Market”da ilk bor milliy pavilyon bilan ishtirok etmoqda

Moskva shahridagi yirik media bozorda O‘zbekiston 500 dan ortiq film va seriallarni taqdim etmoqda.

custom img

O‘zbekistonda qurilish hajmi 9 yilda 10 baravardan oshdi

Soha va unga yondosh tarmoqlarda 3,5 million nafar aholi bandligi ta’minlangan.

custom img

O‘zbekistonda poraxo‘rlar uchun muddatidan oldin ozodlik bekor qilinishi mumkin

Yangi qonun loyihasiga ko‘ra, zarar qoplanmasa, poraxo‘rlar shartli ravishda ozod etilmaydi.

custom img

Korrupsiyani faqat sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘q qiladi — Shavkat Mirziyoyev

Qurilish bilan bog‘liq arizalarning rad etilishiga korrupsiya sabab bo‘layotgani ma’lum qilindi.

custom img

Yerlarni xususiylashtirish bo‘yicha arizalarni inson omilisiz, onlayn ko‘rib chiqish tizimi joriy etiladi

Shavkat Mirziyoyev raisligida uy-joy qurilishi va urbanizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

custom img

Andijonda fuqaro quduqda qolib ketdi

Fuqaro 14 metr chuqurlikda havo yetishmasligi oqibatida pastda qolib ketgan. U qutqaruvchilar tomonidan yuqoriga olib chiqilgan.

custom img

“Shakar yemang, asal yeng”: Surxondaryo viloyati hokimining gapi muhokamalarga sabab bo‘ldi

Mazkur holat yuzasidan viloyat hokimi matbuot kotibi rasmiy munosabat bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"