Jahon

Afg‘oniston: dunyodagi eng katta gumanitar inqirozga duch kelgan mamlakat

Ekspertlar jahon hamjamiyatini afg‘onlarga eʼtibor qaratishga chaqirmoqda.

Afg‘oniston: dunyodagi eng katta gumanitar inqirozga duch kelgan mamlakat

 

Mana ikki yildan beri afg‘onlar Tolibon hukmronligi ostida yashab kelmoqda. Hozirda deyarli 29 million kishi yordamga muhtoj. Mutaxassislarning fikricha, sayyoramizdagi eng katta gumanitar inqiroz Afg‘onistonda kuzatilmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari jahon hamjamiyatidan ushbu mamlakat aholisini eʼtibordan chetda qoldirmaslikni so‘ramoqda.

 

Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatga kelganidan ikki yil o‘tib, butun mamlakat bo‘ylab insonparvarlik yordamiga ehtiyoj keskin oshdi. Biroq mablag‘larning yetarli emasligi insonparvarlik yordamini qo‘llab-quvvatlash va kengaytirish uchun eng katta to‘siq bo‘lib, muhtoj aholini xavf ostiga qo‘yadi.

 

Hisobotlarda aytilishicha, mamlakat dunyoda to‘yib ovqatlanmaslik bo‘yicha eng yuqori o‘rinda bo‘lib, bu qariyb 3,2 million bola hamda 840 000 homilador va emizikli onalarga taʼsir ko‘rsatadi. Bu 2021 yilga nisbatan 60 foizga ko‘pdir.

 

ARM Afg‘onistonning 12 viloyatidagi ko‘plab qishloqlarda faoliyat yuritadi va qo‘shni mamlakatlardagi afg‘on qochqinlarini, jumladan, Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib kelganlarni ham qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Afg‘onistondagi qochqinlar bo‘yicha Norvegiya kengashi direktori Nil Tyornerga ko‘ra, hozirda asosiy muammo moliyalashtirishdir. Afg‘onlarga yordam berish uchun pul yetarli emas.

 

“Ammo Afg‘onistonga moliyalashtirishni qisqartirgan yoki bu mablag‘lar haqiqatan ham ularga muhtoj odamlarga yetib boradimi, degan xavotir bir qancha donorlarda bor. Ularga aytmoqchiman: biz ishlay olamiz, qila olamiz, ehtiyojlar yuqori va yordam Norvegiya qochqinlar kengashi kabi tashkilotlar orqali to‘g‘ri yo‘naltirilishi kerak”, — deydi Norvegiya qochqinlar kengashi direkrori Nil Tyorner.

 

Shuningdek, Afg‘onistonda ayollarning ahvoli kundan kunga yomonlashmoqda.

 

“UN Women France” hisobotiga ko‘ra, Afg‘oniston ayni paytda ayollar uchun dunyodagi eng repressiv davlatdir. Bugungi kunda bu mamlakatda 13,8 million ayol va qiz omon qolish uchun insonparvarlik yordamiga muhtoj.

 

Maktab yoshidagi afg‘on qizlarining 80 foizi darsga bormaydi. Ko‘p sonli depressiya va o‘z joniga qasd qilish holatlari ayniqsa o‘qishni davom ettira olmaydigan o‘smir qizlar orasida qayd etilgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, qizlarning maktabga kirishini taqiqlash mamlakat iqtisodiyotiga 5,4 milliard dollar zarar keltirishi mumkin.

 

Bugungi kunda vaziyat dramatik. Hukumat 2022 yilda ijtimoiy xizmatlarga xarajatlarni 81 foizga qisqartirdi va yordamni cheklashda davom etmoqda.

 

Inson huquqlari bo‘yicha ekspertlarning taʼkidlashicha, afg‘on ayollarining huquq va erkinliklarining muntazam ravishda inkor etilishi insoniyatga qarshi jinoyat hisoblangan gender asosidagi taʼqibga tenglashishi mumkin.

 

Ayollar jinsiy, psixologik, iqtisodiy va maʼmuriy zo‘ravonlik qurboni bo‘lishadi. Ularning harakat erkinligi cheklangan. Ularga o‘qish va ishlash, shu jumladan gumanitar tashkilotlarda ishlashga ruxsat berilmaydi, bu esa yordam ishlariga putur yetkazadi.

 

2023 yil 4 apreldan boshlab afg‘on ayollariga BMTning Afg‘onistondagi agentliklari bilan hamkorlik qilish taqiqlangan. BMT Ayollar tashkiloti Afg‘onistonda Tolibon hokimiyatni qo‘lga kiritganidan so‘ng qolgan sanoqli tashkilotlardan biridir.

 

Nodavlat gumanitar tashkilotlar Afg‘onistonda sayyoramizdagi eng yirik gumanitar inqiroz ro‘y berayotganini eslatib, jahon hamjamiyatidan ushbu mamlakat aholisini unutmaslikni so‘ramoqda.

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Isroilda norozilik: minglab odam Netanyaxu hukumatiga qarshi namoyishga chiqdi

Namoyishchilar 2023-yil 7-oktyabr kungi HAMAS hujumi yuzasidan mustaqil tergov o‘tkazilishini va mas’ullarni javobgarlikka tortishni talab qildi.

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

Xitoy AQSh universitetlarida 80 ta targ‘ibot guruhini tashkil etgan — Pit Hegset

AQSh Mudofaa vazirligi ushbu tuzilmalarni milliy xavfsizlikka tahdid soluvchi tashkilotlar ro‘yxatiga kiritgan.

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoyga bordi: ikki davlat o‘rtasida yangi ko‘prik ochildi

Kim Chen In Xitoy Kommunistik partiyasi Siyosiy byurosi doimiy qo‘mitasi a’zosi Van Xunin bilan uchrashgan.

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Isroil G‘arbiy sohilda harbiy operatsiya boshladi: ikki shahar blokadaga olindi

Operatsiya 23-oktyabr kuni ikki nafar Isroil harbiysi halok bo‘lgan hujumdan keyin boshlandi.

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Rossiya Ukrainaga hujum qildi: qurbonlar bor

Hujumlar oqibatida Kiyev va Xarkovda tinch aholi vakillari jarohatlandi.

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Tinchlik kelishuvini hozir tuzishga tayyorman — Zelenskiy

Ukraina prezidenti amaldagi front chizig‘i bo‘ylab o‘t ochishni to‘xtatishga tayyorligini, biroq Rossiyaga qo‘shimcha hududlarni berishga rozi emasligini bildirdi.

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

Ombordan olib ketilgan yuklar manzilga yetib bormagan: AQSHda o'zbekistonlik erkak sudlanmoqda

U yuk avtomobillari orqali tashiladigan tovarlarni o‘g‘irlash sxemasida ishtirok etganlikda ayblanmoqda.

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

Rossiya, Ukraina va AQSh muzokaralari qayerda o‘tkaziladi? Ikki manzil ko‘rib chiqilmoqda

AQSh rasmiysiga ko‘ra, uch tomonlama muzokaralar yaqin ikki hafta ichida o‘tkazilishi mumkin.