Jahon

Seysmolog Turkiyada kuchli zilzilalar davri haqida ogohlantirmoqda

Ayniqsa Istanbul katta xavf yoqasida.

Seysmolog Turkiyada kuchli zilzilalar davri haqida ogohlantirmoqda

 

Turk seysmologi Naji Geryur Turkiya kuchli zilzilalar davrini boshdan kechirishini aytdi. Avvalroq ekspert Istanbulda yangi kuchli silkinishlar yuz berishi mumkinligi haqida ogohlantirgandi. 

 

Seysmolog tabiiy ofatlar ehtimoli juda yuqori ekanligini taʼkidlab, ularga tayyorgarlik koʻrishni talab qildi. Ekspertning soʻzlariga koʻra, hozir Istanbul zilzilalarga tayyor emas, aholini himoya qilish uchun koʻp ish qilish kerak.

 

Eslatib o'tamiz, avgust oyi boshida Marmara dengizida Istanbul qirg‘oqlari yaqinida 3,3 magnitudali zilzila sodir bo‘lgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"