Jahon

“Rossiya bu ishi uchun javob beradi”

Zelenskiy Rossiyaning Chernigovga hujumini qoraladi.

“Rossiya bu ishi uchun javob beradi”

“Ukraina askarlari Rossiyaning Chernigovdagi teraktiga aniq javob beradi”, dedi pezident Vladimir Zelenskiy. 


Uning eslashicha, Chernigovda Rossiyaning raketa zarbasi oqibatida yetti kishi halok bo‘lgan, ular orasida 6 yoshli qiz ham bor.


“144 nafar yarador va ularning orasida 15 nafar bola ham bor. Ishonchim komilki, bizning askarlar bunga javob qaytarishadi. Rossiya bu terakt uchun aniq javob beradi”, dedi u.


Zelenskiy o‘z murojaatida Rossiya raketa hujumi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha Chernigovdagi shoshilinch va tibbiy xizmatlar ishini qayd etdi.


Prezident, shuningdek, davlatlar va xalqaro tashkilotlar vakillari Rossiyaning Chernigovga hujumini qoralaganini qo‘shimcha qildi. Zelenskiy dunyoda Ukrainaga hamdardlik bildirgan barchaga minnatdorchilik bildirdi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

“Rossiya bu ishi uchun javob beradi” | Zamon.uz