Jahon

Dunyo suv tanqisligi muammosiga duch keldi

Suvning kamayishi sababli global oziq-ovqat xavfsizligi ham tahdid ostida.

Dunyo suv tanqisligi muammosiga duch keldi

Dunyo aholisining chorak qismi istiqomat qiluvchi 25 davlatda har yili suv tanqisligi kuzatiladi. Bahrayn, Kipr, Quvayt, Livan va Ummon kabi davlatlar ushbu muammodan eng ko‘p jabrlangan beshlikka kiradi. Qisqa muddatli qurg‘oqchilik tufayli ham bu joylar hayotiy resurssiz qolib ketish xavfi ostida.

 

Bugungi kunda davlatlar o‘zlarida mavjud resurslarning deyarli barchasidan maksimal darajada foydalanmoqda. O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 1960 yillardan buyon suvga bo‘lgan talab ikki baravar ko‘paygan. Bunga aholi sonining ortishi, qishloq xo‘jaligi va sanoatning rivojlanishi taʼsir ko‘rsatdi. Kelajakda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika bu muhim resursning tanqisligiga birinchi bo‘lib duch keladi, bu esa oxir-oqibat nizolarga olib kelishi hamda sanoatga salbiy taʼsir ko‘rsatishi mumkin. Ayni paytda Shimoliy amerika va Yevropada suv muammosi nisbatan barqaror. Ammo bu mazkur hududlar xavfdan yiroq degani emas. Misol uchun, AQSHning 6 shtatida suv tanqisligi juda yuqori. Ortib borayotgan talab va va tez iqlim o‘zgarishi Hindiston va Xitoy yalpi ichki mahsulotining pasayishiga ham olib kelishi mumkin.

 

Suvning kamayishi sababli global oziq-ovqat xavfsizligi ham tahdid ostida. Hozirda dunyoda sug‘oriladigan maydonlarning 60 foizi qurib bormoqda. Ayniqsa, shakarqamish, bug‘doy, sholi, makkajo‘xori yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi fermer xo‘jaliklari. Ushbu muammoga mutaxassislar bir qator yechimlarni taklif qilishadi. Ular orasida suv-botqoq va o‘rmonlarni saqlash, fermerlar tomonidan sug‘orishning yana-da samarali usullarini joriy etish hamda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish kiradi. Singapur va Amerikaning Las-Vegas shaharlari allaqachon suv tanqisligi sharoitida han gullab-yashnash mumkinligini isbotlashga muvaffaq bo‘lishgan. Bunga oqava suvlarni tozalash va qayta ishlatish orqali erishildi. Biroq, hamma mamlakatlar ham buni qilolmaydi. Dunyoda chuchuk suvga talab hech qachon bunchalik yuqori bo‘lmagan.

 

Inqirozga shaharlarning tez rivojlanishi va suvni yomon boshqarish sabab bo‘lmoqda. Bundan tashqari, global isish tufayli tuproq quriydi va yog‘ingarchilik yer singdira olmaydigan yomg‘ir shaklida yog‘moqda.

custom img

Tailandda turistlar uchun yangi yig‘im: xorijlik sayyohlardan 13,5 dollar undirilishi mumkin

Yig‘imni undirishni 2027-yilning birinchi choragidan boshlash rejalashtirilmoqda.

custom img

Xitoy va AQSh savdo bojlarini 30 mlrd dollarga kamaytirishga kelishdi: tomonlar AI bo‘yicha muloqot boshlaydi

Kelishuv XXR raisining Vashingtonga uch kunlik tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan sakkiz bandli konsensus doirasida tuzilgan.

custom img

Afinada bino portladi: olti kishi halok bo‘ldi

Portlash gaz infratuzilmasi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda.

custom img

Hurmuz blokadasi tufayli 45 mln kishi oziq-ovqat tanqisligiga duch kelishi mumkin — BMT

Hurmuz bo‘g‘ozidagi o‘g‘it yetkazib berishidagi uzilishlar global oziq-ovqat ta’minotiga xavf tug‘dirmoqda.

custom img

10 yillik qidiruv: AQSHda o‘zbekistonlik erkakning ishi sudda ko‘rilmoqda

U ISHID va “An-Nusra fronti”ga moddiy yordam ko‘rsatishga urinishda ayblanmoqda.

custom img

“Mojaroga aralashmaymiz”: Makron Saudiya Arabistoniga qo‘shin yuborilishini e’lon qildi

Emmanuel Makron harbiylar mudofaa vazifasini bajarishini va Parij mintaqadagi mojaroga aralashmasligini ta’kidladi.

custom img

Qirg‘izistonda prezidentlik saylovi: ayrim amaldorlar ishdan olinishi mumkin

Sadir Japarov o‘tkaziladigan prezidentlik saylovlarini erkin, adolatli va shaffof tashkil etish bo‘yicha farmon imzoladi.

custom img

AQSh Ukrainaga 400 mln dollar harbiy yordam ajratadi — Reuters

Yordam doirasidagi yetkazib berishlar 2029-yil oktabrigacha davom etishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"