O'zbekiston

Onalar va bolalar o‘limining oldini olishga doir islohotlar qanday natija bermoqda?

Yurtimizning barcha hududlaridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, perinatal skrining xonalari zamonaviy ultratovush tahlil apparati bilan jihozlangani ham bu boradagi imkoniyatlarni yana-da kengaytirmoqda.

Onalar va bolalar o‘limining oldini olishga doir islohotlar qanday natija bermoqda?

Farzand — oila quvonchi. Ayniqsa, uning salomatligi onaga ham, oilaning boshqa aʼzolariga ham xotirjamlik ulashadi.

Inson manfaatlari yo‘lidagi saʼy-harakatlar natijasida sog‘liqni saqlash tizimi tubdan takomillashib bormoqda. Ayni vaqtda 17 mln. nafardan ortiq ayollarga 22,3 ming o‘ringa ega 227 ta tug‘ruq muassasalari, 18 yoshgacha bo‘lgan 11 mln. nafar bolalarga 13,3 ming o‘ringa ega 245 ta pediatriya muassasalari xizmat qilmoqda.

Tibbiy-sanitariya muassasalarida “Ayollar maslahatxona”lari, tuman va shaharlardagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarda “Onko-nazorat xona”si hamda “Qizlar salomatlik markaz”lari faoliyat yurityapti.

Homiladorlikning birinchi uch oyligida ayollarni ommaviy tarzda ultratovush tekshiruvi nafaqat viloyat miqyosida, balki tuman va shahar miqyosida yangi tashkil etilgan perinatal skrining xonalari orqali amalga oshirilyapti. Yurtimizning barcha hududlaridagi ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalar, perinatal skrining xonalari zamonaviy ultratovush tahlil apparati bilan jihozlangani ham bu boradagi imkoniyatlarni yana-da kengaytirmoqda.

Homiladorlarni erta davrda hisobga olish 2023 yil 6 oyda 91,7 foizni tashkil qildi. Shu davrda 1,9 mln. nafar xotin-qizlar onkoskrining tekshiruvidan o‘tkazildi. 5,9 mln nafar 35 yoshgacha tug‘ish yoshidagi ayollarning 662,3 ming temir va 560,5 ming foliy preparatlari bilan bepul taʼminlandi.

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida oxirgi besh yilda go‘daklar o‘limi ko‘rsatkichi 2017 yildagi 11,5 promilledan (1000 tirik tug‘ilganlarga nisbatan) 2022 yilda 8,7 promilleni (1,4 barobar), onalar o‘limi ko‘rsatkichi 2017 yildagi 21 promilledan (100 ming tirik tug‘ilganlarga nisbatan) 2022 yilda 13,9 promilleni tashkil etib, 1,4 barobar kamaydi.

Shuningdek, eshitishi zaif va tug‘ma karlikni davolash maqsadida 2023 yil 6 oyda 5 yoshgacha bo‘lgan 164 nafar bolalarda koxlear implantatsiya amaliyotlari o‘tkazildi. Prezidentimizning 2021 yil 28 iyuldagi tegishli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida hududlarda 46 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining tug‘uruq bo‘limlari negizida tumanlararo perinatal markazlar amaldagi shtatlar doirasida tashkil etildi.

2022 yil 1 iyuldan esa oilaviy shifokor punktlari va tuman hamda shahar ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalari “tibbiyot brigadalari” tarkibida 8 500 nafar patronaj hamshira-doya faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Joriy yilning so‘nggiga qadar homilador ayollar va bolalarga hududidan qatʼiy nazar, kafolatlangan bepul tibbiy xizmatdan foydalanish imkoni yaratiladi.

Yil yakuniga qadar bolalar, o‘smirlar va homilador ayollarni 7 turdagi vitamin va minerallar bilan bepul taʼminlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish yo‘nalishida takrorlanuvchi xizmat turlarini optimallashtirish ishlari olib boriladi. Bu o‘z navbatida, O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Umuman olganda, keyingi yetti yilda amalga oshirilayotgan ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni tizimli ravishda muhofaza qilish imkonini yaratdi. Natijada onalar va go‘daklar o‘limining kamayishiga erishildi. Zotan, homilador ayollar va yosh bolalarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlikni yana-da kuchaytirish millat sog‘ligini taʼminlashga katta hissa qo‘shadi.

custom img

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Daniya tashqi ishlar vazirini qabul qildi

Uchrashuvda ikki davlat hamkorligini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

O‘zbekistonda ish haqi oshdi: o‘rtacha maosh 7,1 mln so‘mga yetdi

Eng yuqori real ish haqi o‘sishi Jizzax viloyatida, eng yuqori o‘rtacha maosh esa moliya va sug‘urta sohasida qayd etildi.

custom img

O‘zbekiston kontenti uchun xalqaro maydon: Tashkent Content Market Bokuda taqdim etildi

Platforma O‘zbekiston kontentini xalqaro bozorlarga olib chiqish, distribyutsiya va koproduksiya imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

custom img

“Odamlar ko‘chada yotibdi”: Maktab ta’limi vazirligi videoga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik qabulxonasiga murojaat qilgan fuqarolar “ko‘chada yotibdi” degan mazmundagi xabarlar tarqaldi.

custom img

Ish joyida shahvoniy shilqimlikka yo‘l qo‘yilmaydi: Senat qonunni ma’qulladi

Mehnat kodeksiga shahvoniy shilqimlikni taqiqlash, ish beruvchining xodimlar uchun xavfsiz muhit yaratish majburiyatini belgilashga qaratilgan o‘zgartirishlar kiritiladi.

custom img

Qizlarni ish bilan aldab, Turkiyaga olib kelgan: xalqaro qidiruvdagi ayol ushlandi

Odam savdosida gumonlanib qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyada qo‘lga olindi.

custom img

Hamma kutgan qonun: Senat umrbod qamoq jazosini ma’qulladi

Hujjatga ko‘ra, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalarga nisbatan ayrim jinsiy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosi qo‘llanadi.

custom img

Yomg‘ir, qor va kuchli shamol: O‘zbekistonga sovuq havo kirib keladi

“O‘zgidromet” ob-havo keskin o‘zgarishidan ogohlantirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"