AQSHda aholi to‘fondan so‘ng uyiga qaytmoqda
Hisob-kitoblarga ko‘ra, boshpanasiz qolganlarga 10 mlrd dollar ajratishi kerak.

Florida aholisi Idaliya to‘fonidan so‘ng uyiga qaytmoqda. Uchinchi darajali to‘fon Floridaga urilganida o‘zi bilan kuchli yomg‘ir va shamolni olib kelgan. Shamol tezligi soatiga 200 kmdan oshgan.
Ko‘plab sohilbo‘yi qishloqlari zarar ko‘rgan. Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, boshpanasiz qolgan odamlarga sug‘urta kompaniyalari 10 mlrd dollar ajratishi kerak.







