Italiya shimoliga kuchli bo‘ron yopirildi
Qutqaruvchilarga yuzdan ortiq murojaat tushgan.

Italiya shimolida suv toshqini va ko‘chkilar kuzatilmoqda. Bo‘ron Komo ko‘liga yaqinlashgani sari unga olib boruvchi yo‘llar yopilmoqda. Venetsiyada esa shaharni suv toshqinidan himoya qiluvchi baryerlar ko‘tarildi.
Qutqaruvchilar yuzdan ortiq murojaat qabul qilgan. Hozircha qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.







