Kanadada asalarilar “avariya”ga uchradi
Shundan so‘ng 5 mln hasharot uchib ketgan.

Kanadada yuk mashinasi bilan sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa tufayli o‘nlab asalari uyalari katta yo‘lga qulab tushdi. Natijada besh million asalari hasharotlar uchib ketgan.
Voqea joyida bo‘lgan odamlarni arilar bir necha marta chaqishgan. Politsiya haydovchilarni ijtimoiy tarmoqlarda ushbu hududdan o‘tayotganda oynalarini berkitib qo‘yishlari haqida ogohlantirdi va piyodalarni bu hududdan butunlay qochishga chaqirdi.
Politsiya bu xabarni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganidan bir soat o‘tib, bir necha asalarichilar yordam taklifi bilan huquq-tartibot idoralari xodimlariga murojaat qilishgan. Ko‘p o‘tmay voqea joyiga yetti nafar asalarichilik mutaxassisi yetib keldi. Natijada besh million hasharotning aksariyati xavfsiz tarzda to‘plangan.







