Jahon

Qirg‘iziston Prezidenti qatnashgan ko‘pkarida janjal chiqdi

Hozirda holat bo‘yicha surishtiruv boshlangan.

Qirg‘iziston Prezidenti qatnashgan ko‘pkarida janjal chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Qirg‘izistonda ko‘pkari finalidan so‘ng ommaviy tartibsizlik yuzaga kelgani aks etgan videolar tarqaldi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, ommaviy tartibsizliklar ko‘pkari bo‘yicha Qirg‘iziston prezidenti kubogi finalidan so‘ng yuzaga kelgan. Asosiy bahsda «Do‘stuk» va «Intimak» jamoalari qatnashgan. 2:1 hisobida g‘alaba qozonilgan. Ayrim ishtirokchilar hakamning qaroridan norozi bo‘lgan.

 

Maydondagi o‘yin tugagandan so‘ng odamlar tribunadan yugura boshlagan va ulardan baʼzilari maydonga qarata tosh otgan ham. Ko‘pkari bo‘yicha Prezident kubogi bahsini Sadir Japarovning o‘zi ham tribunadan kuzatib o‘tirgan bo‘lgan.

 

Milliy xavfsizlik rahbari Qamchibek Tashiyev aybdorlar jazolanishini maʼlum qilgan. O‘sh viloyati ichki ishlar boshqarmasi surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qirg‘iziston Prezidenti qatnashgan ko‘pkarida janjal chiqdi | Zamon.uz