Rossiya va Eron Nobel mukofoti ziyofatiga taklif qilindi
Ayrim siyosatchilar bu takliflarni “o‘ta noo‘rin” deb hisoblaydi.

Nobel jamg'armasining ma'lum qilishicha, Rossiya va Belarus o'tgan yili Ukrainadagi vaziyat tufayli ishtirok eta olmagani uchun Stokgolmdagi ziyofatga yana taklif qilindi.
O'tgan yili qatnashishga ruxsat berilmagani uchun Eron ham Shvetsiya poytaxtidagi tadbirga qayta taklif qilingan. Shvetsiyalik Yevroparlament deputatlaridan biri bu yilgi takliflarni “o‘ta noo‘rin” deb atadi.
Oltita Nobel mukofoti marosimidan beshtasi har yili Stokgolmda bo'lib o'tadi, tinchlik bo'yicha Nobel mukofoti esa Osloda topshiriladi. O‘tgan yili Nobel jamg‘armasi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli Rossiya va Belarus elchilari taklif etilmasligini aytgan edi.
Bundan tashqari, Eron ham tadbirga taklif qilinmagan. Tehron uzoq vaqtdan beri inson huquqlari bilan bog'liq vaziyat tufayli tanqidlarga uchrab keladi. BMT u yerdagi hukumat o‘tgan yilgi namoyishlarni bostirishda insoniyatga qarshi jinoyat sodir etgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.







