Jahon

Rossiyadagi dronlar hujumini Ukraina uyushtirganmi?

Joriy yilda mamlakatda 190 dan ortiq gumon qilingan hujumlar sodir etilgan.

Rossiyadagi dronlar hujumini Ukraina uyushtirganmi?

Rossiya mamlakatda kuzatilgan dron hujumlari ortida Ukraina turganini bir necha bor daʼvo qildi. Kiyev esa bular uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi. Prezident Vladimir Zelenskiy avvalroq Rossiya hududiga hujumlar “muqarrar, tabiiy va mutlaqo adolatli jarayon” ekanini aytgandi.

 

Rossiyada dron hujumlari qachondan boshlandi?

 

BBS Verify 2023 yil boshidan beri Rossiya ommaviy axborot vositalarida dron hujumlari haqidagi xabarlarni kuzatib boradi. Ularga ko‘ra, joriy yilda Rossiya va ushbu mamlakat tomonidan anneksiya qilingan Qrimda 190 dan ortiq gumon qilingan hujumlar sodir etilgan. Ularning eng so‘nggisi 30 avgust kuni tunda sodir etilgan bo‘lib, hujumlar yil boshidan beri bir kun ichida kuzatgan eng keng ko‘lamlisidir, dronlar Rossiyaning janubi-g‘arbiy qismidagi kamida oltita mintaqaga zarba berdi.

 

23 avgust kuni Belgorodda uchuvchisiz samolyot hujumi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, bir necha kun avval esa dronlarning Kursk viloyatida temiryo‘l vokzaliga urilishi oqibatida besh kishi yaralandi.

 

Sankt-Peterburg janubidagi aviabazada Rossiyaning eng yirik Tupolev Tu-22 bombardimonchi samolyotlaridan biri gumon qilingan uchuvchisiz uchoq hujumi natijasida yonib ketdi.

 

Shuningdek, 2023 yilda Qora dengizdagi Rossiya nishonlariga, jumladan, dengiz bazalari va Qrim ko‘prigiga o‘nga yaqin dengiz dronlari hujumi uyushtirildi.

 

Avgust oyida Ukrainaga tegishli deb gumon qilingan uchuvchisiz samolyot Moskvadagi ko‘rgazma markaziga urilib, bino zaliga zarar yetkazdi.

 

4 iyul kuni uchuvchisiz samolyot hujumidan so‘ng Moskvadagi Vnukovo xalqaro aeroportidan parvozlar boshqa joyga yo‘naltirildi va aeroport qisqa muddatga yopildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlarning xabar berishicha, so‘nggi paytlarda Moskvaga qilingan bir necha hujumlarda “Qunduz” tipidagi uchuvchisiz uchish apparatlari – yaqinda Ukraina tomonidan ishlab chiqarilgan uzoq masofali hujumchi samolyotlar ishtirok etgan.

 

Fevral oyida uchuvchisiz samolyot Moskvadan 100 km uzoqlikda qulagan, mahalliy gubernatorning aytishicha, bu fuqarolik infratuzilmasini nishonga olishga urinish edi. Vayronalarning surati UJ-22 - Ukraina tomonidan ishlab chiqarilgan dron turiga mos keladigan ko‘rinadi. U avtonom parvozda 800 km masofaga ega. To‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqariladigan parvozda uning masofasi ancha qisqa.

 

29 aprel kuni Qrimning yirik shahri Sevastopolda bir nechta neft tanklari zarbaga uchragan va  vayron qilingan. Neft omborining ikkita sunʼiy yo‘ldosh tasviri yordamida aaniqlanishicha dronlar Ukrainaga tegishli.

 

Sibylline xavfsizlik bo‘yicha konsalting kompaniyasi tahlilchisi Layla Guest shunday deydi: “Ukraina kuchlari katta ehtimol bilan neftni qayta ishlash zavodlarini, shuningdek, temiryo‘l infratuzilmasi va Rossiyaning kengroq logistikasini maksimal darajada buzilishlarga olib kelishini maqsad qilishadi”.

 

Ukraina dronlar ishlab chiqarishni jadal surʼatlar bilan oshirayotganini aytmoqda, chunki oldingi qatorda talab ortib boryapti. Mutaxassislar Ukrainadan uchirilgan dronlar Rossiya hududiga chuqur kirib borishi mumkinligini aytishmoqda. Ukraina esa buni tasdiqlamagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyadagi dronlar hujumini Ukraina uyushtirganmi? | Zamon.uz