Hindistonda 10 kishi chaqmoq urishidan halok bo‘ldi
Qurbonlar hodisa vaqtida ochiq joyda bo‘lgan.

Hindiston sharqidagi Odisha shtatida so‘nggi 24 soat ichida kuchli yomg‘ir paytida chaqmoq urishi oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi, 3 nafar inson jiddiy jarohat oldi. Bu haqda Sinxua agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurbonlarning barchasi hodisa vaqtida tashqarida bo‘lgan.
Hindiston meteorologiya departamenti shtatning ayrim hududlarida yomon ob-havo yana to‘rt kun davom etishini prognoz qilmoqda.







