Isroil Iordaniya bilan chegarada devor quradi
Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu maʼlum qildi.

Isroil hukumati Iordaniya bilan chegarada mudofaa devorini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu maʼlum qildi.
“Biz Misr bilan janubiy chegarada to‘siqlar o‘rnatdik, shu orqali Isroilga noqonuniy muhojirlarning kirib kelishini to‘xtatdik. Endi Iordaniya bilan sharqiy chegarada to‘siqlar o‘rnatib, u yerdan ham migrantlar kirib kelishiga to‘sqinlik qilamiz”, — dedi Netanyaxu.
Misr bilan chegarada devor qurilishi Afrikadan bir milliondan ortiq noqonuniy muhojirlarning Isroilga kirishiga to‘sqinlik qilgan.
“Mudofaa to‘siqlarsiz Isroil halokat yoqasida bo‘lishi mumkin”, — dedi siyosatchi.
Netanyaxuning bayonoti mamlakat armiyasi Eronda ishlab chiqarilgan portlovchi moddalarni Iordaniyadan Isroilga olib o‘tishga urinishning oldini olgani haqidagi xabardan keyin eʼlon qilindi.







