Olaf Shols yugurayotib yiqilib jarohatlandi
Kanslerning barcha uchrashuvlari bekor qilindi.

Germaniya kansleri Olaf Shols yugurish paytida yiqilib jarohat oldi, shu sababli u bo‘lajak uchrashuvlarni bekor qildi. Bu haqda federal hukumat matbuot kotibi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Sholsning yuzida ko‘kargan joylar bor, bu esa uni oktyabr oyida mahalliy saylovlar bo‘lib o‘tadigan Gessenning markaziy mintaqasida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan uchrashuvlarni bekor qilishga majbur qilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq britaniyalik qo‘shiqchi Elton Jon Nitssadagi villasida yiqilib, kasalxonaga yotqizilgani haqida xabar berilgandi.







