Si Szinpin G20 sammitida ishtirok etmaydigan bo‘ldi
Sammitda TIV rahbari qatnashadi.

Si Szinpin G20 sammitida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Financial Times nashri yozmoqda.
Sammit o‘tkazilishiga bir hafta qolganida Hindistondagi forumga Si Szinpinning uning o‘rniga mamlakat tashqi ishlar vaziri Li Syan borishi maʼlum qilindi.
Nashr Xitoy Xalq Respublikasi Bosh kotibi va Rossiya prezidentining yo‘qligi sammit obro‘siga putur yetkazishini taʼkidladi.
“Si Szinpinning G20 sammitida ishtirok etishdan bosh tortishi forum maqomini pasaytiradi”, — deyiladi xabarda.







