Turkiyaga meteorit quladi
Hodisani 4 ta viloyat aholisi kuzatgan.

Turkiyaning janubi-sharqidagi bir qancha viloyatlar aholisi meteorit qulaganiga guvoh bo‘ldi. Taxminlarga ko‘ra, osmon jismi Shanliurfa viloyatiga tushgan.
Meteorit yo‘l bo‘ylab o‘tayotgan avtomobillarning videoregistratorlari tomonidan tasvirga olingan, uning yonayotgan parchalari osmonni yoritib yubordi. Ushbu hodisani Malatya, Erzurum, Elazig, Gaziantep viloyatlari aholisi kuzatgan.
2023 yilning aprel oyida Irkutsk viloyatining Ust-Kutskiy tumaniga meteorit qulagani xabar qilingan edi. Hodisa ko‘plab kuzatuv kameralari tomonidan qayd etilgan. Iyul oyida meteorit Fransiyaning Chirmek kommunasida yashovchi fuqaroning uyi tomini yorib o‘tib, uning nonushtasini buzgan.







