Erdog‘an Putinni Turkiyaga taklif qildi
Hamkasblar bugun Sochida uchrashgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘on Rossiya yetakchisi Vladimir Putinni Turkiyaga taklif qildi.
Turkiya rahbari Sochidagi muzokaralardan so‘ng Rossiya prezidenti bilan xayrlashar ekan, “Sizni imkon qadar tezroq o‘z joyimda kutaman”, dedi.
Rossiya hamda Turkiya prezidentlari Vladimir Putin va Rajab Toyyib Erdog‘an dushanba kuni Sochida uchrashdi. Bu ularning deyarli bir yillik tanaffusdan keyingi birinchi uchrashuvidir. Prezidentlar Qora dengizdagi don bitimi atrofidagi vaziyat va boshqa masalalarni muhokama qildilar.
Muzokaralar natijasida prezident Putin Rossiya bir necha hafta ichida Afrikaning olti davlatiga tekin don yetkazib berishni boshlashini maʼlum qildi. O‘z navbatida, Erdog‘an Rossiya bilan Afrika mamlakatlariga oziq-ovqat yetkazib berish bo‘yicha qadamlarni birgalikda amalga oshirishga umid qilishini aytdi.







