Fransiyada elektron sigaretalar taqiqlanishi mumkin
Bu haqda mamlakat bosh vaziri maʼlum qildi.

Fransiyada bir martalik elektron sigaretlarni taqiqlash joriy etilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir Elizabet Born aytdi.
Elektron sigaretalar 0 dan 20 mg/ml gacha nikotin bo‘lgan suyuqlik bilan to‘ldiriladi. Bir necha yuzlab puflashdan so‘ng qurilma tashlab yuborilishi mumkin.
“Baʼzida bu elektron sigaretlarda nikotin yo‘qligi aytiladi, lekin ular yoshlarda chekish odatini shakllantiradi, shundan so‘ng ular tamaki isteʼmoliga o‘tadilar. Bunga chek qo‘yish kerak”, — deb tushuntirdi hukumat rahbari.







