Jahon

Germaniyada 4 kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkin

Bu sinov loyihasida 50 dan ortiq kompaniyalar ishtirok etadi.

Germaniyada 4 kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkin

Germaniyada ish haftasini maosh saqlangan holda 4 kungacha qisqartirish tajribadan o‘tkaziladi. Tajribani Intraprenör konsalting kompaniyasi va Myunster universiteti olimlari baholaydi. Bu haqda RND agentligi ma’lum qildi.

Tadqiqotda 50 dan ortiq kompaniya ishtirok etishi kutilmoqda. Tashkilotlarga 1 sentyabrdan qatnashish bo‘yicha ariza berish imkoniyati yaratilgan. 2024 yil 1 fevralidan boshlab qatnashchi kompaniyalar yarim yilga 4 kunlik ish haftasiga o‘tadi. Ishchilarning maoshi esa qisqarmaydi, saqlanib qoladi. 

Intraprenör kompaniyalarga maqbul ish vaqtini tanlashda yordam beradi. Barcha kompaniyalar va xodimlar uchun yagona ish modeli ko‘zda tutilmagan. 

Tadqiqotning ilk natijalari 2024 yil may oyida maʼlum bo‘ladi. Yakuniy xulosalar esa oktyabr oyida eʼlon qilinadi. Ushbu loyiha ishtirokchi kompaniyalar tomonidan moliyalashtiriladi. 

Tajribaning asosiy maqsadi haftasiga besh emas, to‘rt kun ishlayotgan xodimlar chindan ham o‘z hayotidan ko‘proq qoniqishi, o‘zini sog‘lom his qilishi, shifokorlarga kamroq tashrif buyurishi hamda ish unumdorligi o‘zgarmasligini aniqlashdan iborat.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Germaniyada 4 kunlik ish haftasiga o‘tilishi mumkin | Zamon.uz