Jahon

Hech bir sayyoh bora olmaydigan 6 ta manzil

Sayyoramiz sirli joylarga boy, lekin ayrim hududlarga borish imkonsiz.

Hech bir sayyoh bora olmaydigan 6 ta manzil

Sayyoramiz sirli joylarga boy, u yerga istagingiz qanchalik katta bo‘lsa ham bora olmaysiz. Ayrimlari hayot uchun xavf solishi, ayrimlari boshqa sabablar bilan yopiq. Shunday bo‘lsada, bu sizni ular bilan tanishtirishimizga to‘siq bula olmaydi.

 

51-hudud

 

AQSHning Nevada shtatida “51-hudud” nomi bilan mashhur qo‘riqlanadigan joy mavjud. Oddiy odamlardan hech biri u yerda nima borligini aniq bilmaydi. Ammo turli mish-mishlar yuradi.

 

U yerda harbiy samolyotlar saqlanadi va sinovdan o‘tkaziladi, degan taxmin mavjud. Nevada ustidan noodatiy uchar jismlar ko‘ringandan so‘ng 51-hududda o‘zga sayyoraliklar texnologiyasi sinovdan o‘tadi, degan mish-mish tarqaldi.

 

Ayni paytda NUJlar bo‘yicha tushuntirish berildi. O‘tgan asr oxirida bu yerda 21 km balandlikka ucha oladigan va radarlar payqamaydigan U-2 josus samolyoti sinovdan o‘tkazilgan. O‘sha davr yo‘lovchi va yuk tashuvchi samolyot pilotlari faqatgina yorqin obyekt va uning zudlik bilan yo‘qolib qolishinigina ko‘rishgan. Aynan shu sababli U-2 NUJga o‘xatilgan. O‘shanda yo‘lovchi samolyotlar 6 km, harbiy samolyotlar  14 km balandlikka ko‘tarila olgan.

 

Ilonlar oroli

 

Ilonlar oroli Atlantika okeanida Braziliyadan 35 km masofada joylashgan. Bu yerda ko‘plab turdagi ilonlar yashaydi. Ular orasida dunyodagi eng zaharli botrops iloni ham bor. Hujayralar o‘lishi uchun 1 ta hamlaning o‘zi kifoya qiladi.

 

Braziliya hukumati orolga borishni taqiqlab qo‘ygan. Bu yerda har bir metr kvadratga 5 ta ilon to‘g‘ri keladi. Taqiqsiz ham bu yerga yurak yutib keladiganlar topilmasa kerak. Ammo qiziquvchan odamlar orolni hech bo‘lmasa qayiq bortidan turib tomosha qilishga kelib turishadi.

 

Nyu-York markazidagi baxtsizlar oroli

 

Megapolisning deyarli markazida joylashgan yer ishlatilmaydi, bu yerga sayyohlar ham kelolmaydi. Gap shundaki, North Brother oroli 19 asrdan beri sovuq gap-so‘zlar orasida. O‘sha vaqtlarda orolda vabo, chechak va tifga chalingan bemorlar olib kelinadigan kasalxona joylashgan. U paytda bu kasalliklarning davosi bo‘lmagan, shuning uchun oroldan uyiga qaytganlar juda kam bo‘lgan.

 

Kasalxona yopilgandan keyin ham bu joyning salbiy obro‘si yo‘qolmadi. 1904 yilda orol sohilida “General Slokam” kemasi halokatga uchradi. Minglab yo‘lovchilar halok bo‘ldi. 20 asr o‘rtalariga kelib, orolda giyohvandlarni davolash uchun reabilitatsiya markazi ochildi. U yerdagi sharoitlar juda og‘ir bo‘lgan. Hozirda orolda hech kim yashamaydi va u yerga borish taqiqlangan.

 

Vatikan arxivi

 

Dunyoning eng asosiy xazinalari – Rim papalarining 13 asrdan boshlanadigan hujjatlari va kitoblari saqlanadigan kutubxonaga oddiy odamlarning kirishi mumkin emas. Barcha davrlarning buyuk odamlarining yozishmalari, Salib yurishlari haqidagi maxfiy maʼlumotlar va bir qator sirli hujjatlar kutubxona devorlari ortida saqlanadi. 1881 yilga kelib, ayrim hujjatlarni o‘qish imkoni ochildi, ,ungacha ularni hech kim ko‘rmagan. Kutubxonaga kirish uchun alohida tavsiyanomalarga ega olim bo‘lish kerak. Ikkinchi jahon urushi to‘g‘risidagi ko‘plab hujjatlar hali ham sir saqlanadi.

 

Vaqt to‘xtab qolgan orol

 

Albatta, ko‘chma maʼnoda. Gap shundaki, Niixau oroli – Gavaidagi inson yashaydigan eng kichik orol, hozirda bu yerda faqatgina tub aholi yashaydi. Odamlar yuz yil oldingiday hayot kechiradi. Aholining asosiy mashg‘uloti – baliqchilik va dehqonchilik.

 

Orol 1864 yilda uni sotib olgan Robinsonlar oilasiga tegishli. 1915 yilda ular orolni tashrif buyuruvchilar uchun yopgan. Hatto Gavaya gubernatori ham orolga kirolmaydi. Faqatgina Robinsonlar tomonidan maxsus taklif qilganlargina orol hududiga kirishi mumkin.

 

Yer yuzidagi eng yosh orol

 

Islandiya janubida 1963 yilda vulqon otilishi natijasida Syurtsey oroli paydo bo‘ldi, ammo olimlar bu yerga kelishni taqiqlab qo‘yishdi. Orolga oddiy odam oyog‘i yetishi uchun avval mahalliy ekotizim hosil bo‘lishi kerak. Bu yer yuzida hayot qanday bo‘lishini kuzatish mumkin bo‘lgan yagona joy. Syurtsey hosil bo‘lgan dastlabki soatlardanoq unda mikroorganizmlar paydo bo‘lgan. Hozirga kelib orolda bir necha turdagi hasharotlar va qushlar yashaydi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hech bir sayyoh bora olmaydigan 6 ta manzil | Zamon.uz