Jahon

JAR Rossiyaga qurol yetkazib berganini rad etmoqda

AQSH mamlakatni Rossiyaga qurol berishda ayblagandi.

JAR Rossiyaga qurol yetkazib berganini rad etmoqda

Janubiy Afrika Respublikasi prezidenti Siril Ramafosaning aytishicha, tergov Rossiyaga qurol yetkazib berilganiga oid dalillarni aniqlamagan. Bu haqda u o‘z xalqiga murojaatida aytib o‘tdi. 

"Rossiyaga qurol yetkazib berish haqidagi ayblovlarning hech biri tasdiqlanmadi. Qurol eksportiga ruxsat berilmagan va hech qanday qurol eksport qilinmagan", — dedi Ramafosa.

Gap Amerika Qo‘shma Shtatlarining ayblovlari haqida ketmoqda. Unga ko‘ra Janubiy Afrika AQSH sanksiyalari ostida Rossiyaning "Lady R" kemasiga qurol o‘tkazgan.

Eslatib o‘tamiz, bahorda AQSHning Janubiy Afrikadagi elchisi Ruben Brigete 2022 yil dekabr oyida Simonstaun harbiy-dengiz bazasida Rossiya yuk kemasi to‘xtab qolganini aytgan edi. Elchi unga qurol va o‘q-dorilar ortilganiga amin edi.

Keyinchalik, Janubiy Afrika Mudofaa vaziri Tandi Modize ayblovlarni rad etdi va Ramafosa ishni tekshirishga vaʼda berdi.

Janubiy Afrika Tashqi ishlar vazirligi AQSH elchisi o‘z ayblovlari uchun "shartsiz kechirim so‘raganini" maʼlum qilgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

JAR Rossiyaga qurol yetkazib berganini rad etmoqda | Zamon.uz